AQSh harbiylari migrantlar karvonida kelayotgan “banditlar”ni kutmoqda – Tramp
AQSh prezidenti Donald Tramp amerikalik harbiylar Gonduras, Gvatemala va Salvadordan kelayotgan migrantlar karvoni ichidagi jinoyatchilar va “yomon yigitlar”ni kutib olishga tayyorligini bildirdi.
"Bizning janubdagi Meksika bilan chegaramizga yo‘l olgan migrantlar karvoniga ko‘plab banditlar va yomon yigitlar qo‘shilib olgan. Marhamat qilib ortga qayting, sizlar qonuniy jarayonlardan o‘tmaguningizcha AQShga qo‘yilmaysizlar. Bu bizning mamlakatimizga bostirib kirishdir va harbiylar sizni kutib turibdi!", — deb yozdi Tramp Twitter sahifasida.
Ushbu bayonot AQSh Meksika bilan chegaraga 5 ming harbiyni tashlashi haqidagi xabarlar manzarasida paydo bo‘ldi. Pentagon hozircha bu xabarlarni tasdiqlamadi.
BMT rahbari vakili o‘rinbosari Farxan Xak Gondurasdan AQSh tomon yo‘l olgan qochoqlarning birinchi karvoni 7 ming kishidan iborat ekanligini ma'lum qilgan. Ular Gonduras, Gvatemala va Salvadordan AQSh tomon bir necha kun avval yo‘lga chiqishgan.
Mavzuga oid
11:42 / 21.10.2024
Tramp Pensilvaniyada McDonald’s xodimi bo‘lib ishladi
23:13 / 20.08.2024
Tramp prezidentlik saylovida g‘alaba qozonsa Ilon Maskka Oq uydan lavozim taklif qiladi
21:54 / 04.08.2024
Tramp Putinni mahbuslar almashinuvi bilan tabrikladi
21:50 / 26.04.2023