Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda Yevropa hududidan Rossiyaga zarba berish imkoniyati tasdiqlandi
Foto: Inquam Photos / Reuters
Ruminiya va Polshaga joylashtirilgan raketaga qarshi mudofaa tizimlari osonlik bilan hujum uyushtirish majmualariga aylanishi mumkin, deb yozadi AQSh HDK tadqiqot instituti.
Tashkilot ilgari Pentagonda ishlagan, hozirda Olimlarni qo‘llab-quvvatlash markazining Osiyo yo‘nalishi bo‘yicha rahbari Abraxam Denmark bilan suhbatlashdi.
Uning fikricha, Ruminiya va Polshadagi Aegis Ashore majmualari Rossiya tomon hujum pozitsiyasini «juda osonlik bilan egallashi» mumkin.
Hozirda Rossiya Ruminiya va Polshada Tomahawk qanotli qurilmalarini uchirish imkoniyatiga ega Mark 41 qurilmalarining joylashtirilishini kichik va o‘rta masofalarga mo‘ljallangan raketalarni yo‘q qilish haqidagi shartnomaning qo‘pol tarzda buzilishi deb baholamoqda.
AQSh esa Rossiyani «Iskander-M» majmuasining 9M729 raketalarining haqiqiy imkoniyatlarini yashirishda ayblamoqda. Pentagon raketalar Rossiya mudofaa vazirligi bildirganidek 500 kilometr emas, balki 5500 kilometr masofagacha uchib borishini taxmin qilmoqda.
Mavzuga oid
09:23
Rossiya 2024 yildan beri birinchi marta Ukraina bilan urushda hududlarini yo‘qota boshladi
16:56 / 01.05.2026
Urush odatga aylandi. Dunyo otalar uyiga tobutda qaytayotganiga o‘rganib qoldi
21:18 / 30.04.2026
“Ukraina dronlari sabab” - tahlilchilar Rossiyaning 9 may paradidagi cheklov haqida
18:11 / 30.04.2026