Xitoy AQShning raketalar bo‘yicha kelishuvdan chiqishiga qarshi ekanligini bildirdi
Xitoy AQShning o‘rta va kichik masofalarga mo‘ljallangan raketalarni yo‘q qilish haqidagi shartnomadan chiqishiga hamda unga ko‘p tomonlama tus berilishiga qarshi. Bu haqda Xitoy TIV rasmiy vakili Xua Chunin ma'lum qildi.
"Mazkur shartnoma xalqaro munosabatlarni yumshatish, yadroviy qurolsizlanish hamda strategik muvozanat va barqarorlikni tutib turishda muhim rol o‘ynagan AQSh va SSSR o‘rtasidagi ikki tomonlama kelishuvdir. U hozirda ham dolzarb ahamiyatga ega.
Ammo undan bir tomonlama tarzda chiqish ko‘p tomonlama salbiy ta'sir qiladi. Biz bunday bir tomonlama qadamga qarshimiz hamda shartnomaga ko‘p tomonlama tus berilishiga ham qarshi chiqamiz", - dedi u.
Xua Chuninning ta'kidlashicha, Xitoyning xavfsizlik sohasidagi siyosati "mudofaa tusida".
"Biz harbiy qudratimizni rivojlantirish borasida o‘zimizni tiyib olganmiz va boshqa davlatlarga xavf solish niyatida emasmiz", - dedi TIV vakili.
O‘rta va kichik masofalarga uchishga mo‘ljallangan raketalarni yo‘q qilish bo‘yicha shartnoma 1987 yilda sobiq ittifoq prezidenti Mixail Gorbachev va AQSh prezidenti Ronald Reygan o‘rtasida tuzilgan. Bu kelishuv tomonlarga 500 kilometrdan 5,5 ming kilometr masofaga harakatlanuvchi ballistik va qanotli raketalarga ega bo‘lishga ruxsat bermaydi. Moskva va Vashington doimiy ravishda bir-birini bu kelishuvni buzishda ayblab keladi.
1991 yilda kelishuv to‘liq bajarilgan. Sobiq ittifoq kelishuv doirasida 1752ta, AQSh esa 859ta ballistik raketani yo‘q qilgan.
Eslatib o‘tamiz, 20 oktabr kuni AQSh prezidenti Donald Tramp Vashington sobiq ittifoq bilan tuzilgan o‘rta va kichik masofalarga mo‘ljallangan raketalarni yo‘q qilish kelishuvidan chiqishini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
12:00 / 30.10.2024
AQSh Davlat departamenti Daniyaga "havo-havo" raketalarini sotishni ma’qulladi
09:20 / 08.10.2024
Odessada RF raketasi fuqarolik kemasiga borib urildi
09:10 / 24.09.2024
G7 BMTda Kiyevga uzoq masofali raketalarga ruxsat berish masalasini muhokama qiladi
13:25 / 23.09.2024