Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda mamlakatdagi eng chuqur suvosti metro tunneli qurildi
Xitoydagi eng chuqur suvosti metro tunneli qurilishi yakunlandi, deb xabar berdi Sinxua agentligi.
Uzunligi 8,1 kilometr bo‘lgan tunnelning bir qismi dengiz suvi ostidan o‘tadi, u Tsindao shahrining sharqiy va g‘arbiy qismlarini bir-biri bilan bog‘laydi, deb ma'lum qildi China Railway No.3 Engineering Group kompaniyasi.
Kompaniyaning qayd etishicha, u mamlakatdagi eng chuqur tunnel hisoblanadi, uning eng chuqur qismi dengiz sathidan 88 metr pastda joylashgan. Tunnel qurilishi 2015 yil sentabrda boshlangandi.
Oktyabr oyida Xitoyda uzunligi 55 kilometr bo‘lgan dunyodagi eng uzun dengiz ko‘prigi qurilgandi. U Honkong, Makao va guandun provinsiyasidagi Chjuxay shaharlarini bir-biri bilan bog‘laydi.
Mavzuga oid
18:33 / 13.07.2026
Bigme ikkita ekranli HiBreak Dual 2 smartfonini taqdim etdi
08:50 / 13.07.2026
Xitoy energiya sohasida yangi jahon rekordini o‘rnatdi
23:59 / 12.07.2026
Xitoyliklar telefonlaridan ko‘ra elektromobillarini tezroq yangilashmoqda
00:34 / 12.07.2026