Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buyuk Britaniya va Belgiya bosh vazirlarining korteji YTHga uchradi
Buyuk Britaniya va Belgiya bosh vazirlarining korteji Belgiyaning Mons shahriga olib boradigan yo‘lda YTHga uchradi. VRT telekanalining xabar qilishicha, faxriy qorovulning ikki politsiyachi-mototsiklchisi jarohatlangan.
Derniere heure gazetasining aniqlashicha, hukumat rahbarlari korteji oldidagi mashinaning kutilmaganda keskin to‘xtashi natijasida to‘qnashuv sodir bo‘lgan. Kortejdagi mototsiklchilar to‘xtashga ulgurmagan va oldinda to‘xtagan mashinaga kelib urilishgan. Ular kasalxonaga yotqizilgan.
Bosh vazirlarning korteji so‘ngra Mons shahriga harakatlanishda davom etgan. Bu yerda Birinchi jahon urushi yakunlanganligining 100 yilligi munosabati bilan Sen-Simforen harbiy qabristonida marosim bo‘lib o‘tadi. Marosimdan so‘ng bosh vazirlar 11 noyabr kuni asosiy tadbirlar bo‘lib o‘tadigan Fransiyaga yo‘l olishadi.
Mavzuga oid
05:32
Toshkentda YPX mototsikllari ishtirokida avariya ro‘y berdi
10:56 / 11.07.2026
O‘zbekistonlik haydovchi Amerikada oqibati o‘lim bilan tugagan YTH sodir etdi
12:35 / 08.07.2026
Lacetti ikkiga bo‘linib ketgan avariya oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan
10:58 / 08.07.2026