AQShda prezident ma'muriyati ustidan sudga ariza topshirildi
AQShda Amerika fuqaro erkinliklarini himoya qilish ittifoqi (ACLU) prezident Donald Tramp ma'muriyati ustidan sudga ariza topshirdi. Prezident Trampning Amerika chegarasini noqonuniy kesib o‘tgan fuqarolarga boshpana bermaslik bo‘yicha qarori bunga sabab bo‘lgan. Bu haqda ACLU tomonidan Kaliforniya shtati Shimoliy okrugiga topshirilgan arizada ta'kidlanadi, deb xabar qilmoqda TASS.
ACLU noqonuniy muhojirlarning bir qismiga boshpana berish bo‘yicha so‘rovlarga rad javobi berish amaliyotini noqonuniy deb hisoblamoqda. AQSh ma'muriyati esa, bu bilan immigratsiya qonunchiligini buzmoqda. «Na prezident, na uning ma'muriyati a'zolari qonunda aniq belgilangan me'yorlarni qayta talqin qila olishmaydi. Biroq ular aynan shunday qilishga urinishmoqda», - deyiladi muhojirlar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha ACLU direktori Umar Jadvat.
«Bu qaror qonun ustunligiga putur yetkazadi hamda o‘z mamlakatlarida quvg‘inga uchragan shaxslarning himoyalanish imkoniyatidan mahrum qilishga urinishga o‘xshaydi», - deya ta'kidlanadi sudga berilgan arizada.
Ma'lumki, prezident Tramp AQSh adliya vazirligi va ichki xavfsizlik vazirligiga boshpana so‘rab murojaat qilgan noqonuniy muhojirlarga rad javobini berish bo‘yicha ko‘rsatma beruvchi farmonni imzolagan edi. AQSh ma'muriyatiga ko‘ra, bunday choraga qo‘l urishdan maqsad, muhojirlar faqat mamlakatga kiraverishda belgilangan maxsus punktlarda turgan holda boshpana so‘rashlariga erishishdir. Hukumat, shuningdek, doimiy ravishda yirik hajmda asossiz boshpana so‘rab qilingan murojaatlarga duch kelinayotganini ta'kidlaydi.
Mavzuga oid
15:44
AQShda jarroh robot videoga qarab operatsiya qilishni o‘rgandi
14:22
AQSh: KXDR askarlari allaqachon Ukrainaga qarshi urushda qatnashmoqda
22:03 / 12.11.2024
AQSh hukumati NUJ bo‘yicha ba’zi ma’lumotlarni oshkor qilishi mumkin
16:55 / 12.11.2024