O‘zbekiston va AQSh mudofaa masalalari bo‘yicha ikki tomonlama maslahatlashuvlarni o‘tkazdi
Kecha, 9 noyabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston—AQSh mudofaa idoralari vakillari ishtirokida navbatdagi ikki tomonlama maslahatlashuvlar o‘tkazildi.
Mazkur tadbir O‘zbekiston mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari – Qurolli Kuchlar Bosh shtabi boshlig‘i general-mayor Pavel Ergashev va AQSh mudofaa vazirining Janubiy va Markaziy Osiyo ishlari bo‘yicha yordamchisi o‘rinbosari Kolin Jyekson raisligida bo‘lib o‘tdi.
Unda AQSh harbiy delegatsiyasi hamda O‘zbekiston Mudofaa, Tashqi ishlar va Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya hamda Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi vakillari ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida tomonlar O‘zbekiston—AQSh tegishli idoralari o‘rtasida imzolangan kelishuvlarning amalga oshirilishi yuzasidan fikr almashib, kelgusi rejalarni belgilab oldi. O‘zbekiston Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarining professional bilim va ko‘nikmalarini oshirish yo‘lida ikki davlat o‘rtasida harbiy hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Shuningdek, maslahatlashuv jarayonida Afg‘onistondagi vaziyat, unda tinchlikni o‘rnatish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, mintaqada barqarorlikni saqlab qolish masalalari ham ko‘rib chiqildi.
Eslatib o‘tamiz, 8 noyabr kuni O‘zbekiston mudofaa vaziri Abdusalom Azizov AQSh harbiy delegatsiyasini qabul qilib, ular bilan harbiy hamkorlikning hozirgi holati va uni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilgan edi.
Mavzuga oid
15:44
AQShda jarroh robot videoga qarab operatsiya qilishni o‘rgandi
14:22
AQSh: KXDR askarlari allaqachon Ukrainaga qarshi urushda qatnashmoqda
22:03 / 12.11.2024
AQSh hukumati NUJ bo‘yicha ba’zi ma’lumotlarni oshkor qilishi mumkin
18:09 / 12.11.2024