Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ko‘zi ojiz o‘qituvchilarni brayl alifbosidagi darsliklar bilan ta'minlash haqida petitsiya paydo bo‘ldi
“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida ko‘zi ojiz o‘qituvchilarni brayl alifbosidagi darsliklar bilan ta'minlash haqida petitsiya paydo bo‘ldi.
Respublikamizda ko‘zi ojiz insonlar uchun ixtisoslashgan maktab-internatlar mavjud bo‘lib, ularni har yili ko‘zi ojiz o‘quvchilar bitiradi. Shulardan ayrimlari oliy ta'limda o‘qishini davom ettiradi. Ular o‘qishni yakunlab, o‘z mutaxassisligi bo‘yicha maktablarda o‘qituvchi sifatida mehnat faoliyatini davom ettirishadi, deyiladi murojaatda.
“Taklifim: ko‘zi ojiz o‘qituvchilarga mutaxassisliklari bo‘yicha brayl darslik kitoblarini ular ishlayotgan maktablarga yetkazib berishni doimiy va tizimli yo‘lga qo‘yishimiz zarur. Bu holat ilmga chanqoq bolalarga dars mavzusini tushuntirish uchun yaxshi tayyorgarlik ko‘rish imkoniyatini yaratgan bo‘lardi”, - deb yozadi petitsiya muallifi.
Mavzuga oid
16:04 / 01.12.2025
Iste’molchi murojaatlari uchun yangi onlayn platforma ishga tushirildi
08:32 / 02.08.2025
Bojxona sohasida tadbirkorlar murojaatini sudgacha ko‘rib chiqish tartibi joriy etildi
14:12 / 28.04.2025
Qiynoqqa solish holatlari to‘g‘risidagi murojaatlarni tezkor tekshirish mexanizmi joriy etiladi
16:47 / 24.01.2025