Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya «Tolibon» bilan muzokaralarga tushuntirish berdi
Foto: Pavel Golovkin / AP
Afg‘onistonda tinchlikka erishish uchun «Tolibon» harakati vakillari bilan aloqalar o‘rnatishda hech qanday yomon narsa yo‘q. Bu haqda Rossiya prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili, RF TIV ikkinchi Osiyo departamenti direktori Zamir Kabulov ma'lum qildi, deya xabar bermoqda RIA Novosti.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Afg‘oniston bo‘yicha maslahatlashuvlarning Moskva shakli ikkinchi yig‘ilishi davomida toliblar Amerika tomoni bilan o‘ndan ortiq yopiq uchrashuvlar o‘tkazganliklari haqida aytishgan. «Bu normal holat, ushbu maydonda ta'siri baland o‘yinchilar har ikki tomon bilan maslahatlashishga harakat qilishadi, bunda hech qanday yomon narsa yo‘q», - dedi u.
Kabulovning aytishicha, Rossiya toliblarning siyosiy jarayonda ishtirok etishiga qarshi emas, deya ta'kidlaydi TASS. «Toliblar o‘zlari muzokaralarning to‘laqonli ishtirokchilari bo‘lishlari kerakligini aytishmoqda, biz bunga qarshi emasmiz. Bu afg‘on xalqining suveren huquqidir», - deya ma'lum qildi u.
Afg‘oniston bo‘yicha uchrashuv 9 noyabr kuni Moskvada yopiq shaklda o‘tkazildi. «Tolibon»ning Dohadagi siyosiy idorasidan kelgan delegatsiya ilk bor unda ishtirok etdi. Afg‘onistondan Oliy tinchlik kengashi qatnashdi, u, mamlakat TIVdan ta'kidlashlaricha, hukumat nomidan bormagan.
Mavzuga oid
10:40
Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar: nimalar kutilmoqda?
10:26
Odessaga hujum: bir kishi halok bo‘ldi, gaz quvuri shikastlandi
15:59 / 07.02.2026
Sanksiyalar: YeI sudi Rossiyadan olib kirilgan avtomobillarni musodara qilishga ruxsat berdi
15:42 / 07.02.2026