O‘zbekistonda qozoq sarmoyasi ishtirokida 260 korxona faoliyat yuritmoqda
O‘zbekistonda qozog‘istonlik sarmoyadorlar ishtirokida tashkil etilgan 260ta korxona faoliyat yuritmoqda. O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi hamkorlik munosabatlari esa, mustahkam asosga va uzoq istiqbolga ega. O‘zbekiston bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Ochilboy Ramatov Chimkentda bo‘lib o‘tgan I O‘zbekiston-Qozog‘iston mintaqalararo forumi doirasida tashkil etilgan plenar majlisda shu haqda ma'lum qildi.
Forumda ishtirok etgan KUN.UZ muxbirining xabariga ko‘ra, ikki mamlakat bosh vazirlarining birinchi o‘rinbosarlari dastavval O‘zbekiston-Qozog‘iston chegarasida joylashgan yana bir o‘tkazuv punkti - «Jіbek joli» va «Yallama» postini borib ko‘rishgan. Ular chegara o‘tkazish punktlarini raqamli texnologiyalarga o‘tkazilgan holda modernizatsiya qilish zarurligi qayd etilgan. Amaldagi ikkita o‘tkazish punktini ta'mirlashni tezlashtirish, ikkita yangi o‘tkazish punktini ochish masalasini ishlab chiqish hamda avtovokzal qurilishiga doir ishlarga e'tibor qaratildi.
Qozog‘iston bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Asqar Maminning ta'kidlashicha, chegara o‘tkazish punktlarida infratuzilmaviy cheklovlarga barham berish, fuqarolar, yuklar va transport vositalarining harakatlanishlariga qulay sharoitlar yaratish strategik jihatdan muhimdir. Qurilish, sanoat, transport, tranzit va turizm ikki qo‘shni davlat o‘rtasidagi hamkorlikning muhim yo‘nalishlari bo‘lishi kerak.
Ikki davlat delegatsiyalarining kengaytirilgan tarkibdagi plenar majlisidan so‘ng, iqtisodiyotning muhim sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga doir jami 16ta hujjat imzolandi.
Jumladan, Ipak yo‘li mamlakatlarining vizalarini o‘zaro tan olish to‘g‘risida, «KTZ Express» AJ va «O‘zavtotranstexnika» ilmiy-ishlab chiqarish markazi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitimlar imzolandi.
Bundan tashqari, «O‘ztransgaz» AJ va «KazTransGaz» AJ o‘rtasida tabiiy gazni O‘zbekiston orqali tashishga doir kelishuv ham imzolandi.
Forum doirasida «Korme» ko‘rgazmalar majmuasida O‘zbekiston va Qozog‘istonning sanoat, avtosanoat, kimyo, to‘qimachilik sanoati va yog‘ochni qayta ishlash sohalari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Mavzuga oid
15:30
Qozog‘istonga yo‘lbarslar qaytarilmoqda. Ular bundan 70 yil avval yo‘qolib ketgandi
09:40 / 12.11.2024
«Forish» poligonida O‘zbekiston va Qozog‘iston harbiy mashg‘ulotlari boshlandi
20:54 / 11.11.2024
Qozog‘iston bahorda Markaziy Osiyo davlatlaridan 11 milliard kub metr suv oladi
20:06 / 11.11.2024