Jamiyat | 22:10 / 17.11.2018
20534
2 daqiqa o‘qiladi

Olmazor tumanidagi ikki maktab o‘quvchilari o‘zaro mushtlashdi. Mojaro ishtirokchilari qo‘lga olindi

14 noyabr kuni Toshkent shahrining Olmazor tumanida 28-maktab va 159-maktab o‘quvchilari o‘rtasida o‘zaro mushtlashuv bo‘lib o‘tdi.

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi ma'lumotiga ko‘ra, avvaliga olti o‘quvchi ishtirokida katta janjal bo‘lgan, keyin bu mojaro mushtlashuvga aylanib ketgan. Mushtlashuv vaqtida o‘quvchilardan biri qochib ketgan.

Mojaro ishtirokchilaridan ikki nafari, 28-maktabda o‘qiydigan 16 yoshli A.U. va M.M. «yengil tan jarohati olgan».

«Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi «b» bandi («bir guruh shaxslar tomonidan bezorilik qilish») bo‘yicha 159-maktabning 16 yoshli o‘quvchisi K.B. va 14 yoshli o‘quvchisi D.A., shuningdek, akademik litseylardan birida o‘quvchi 16 yoshli D.S. gumondor sifatida ushlangan va ularga ayblov e'lon qilingan», deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, tergov davomida nizo sabablari va uning ishtirokchilari keltirgan vajlar aniqlangan. Lekin Toshkent IIBB xabarida mojaro sabablari keltirilmagan. 

Bundan avvalroq Uchtepa tumanidagi 236-maktabning 11-sinf o‘quvchilari tarix o‘qituvchisini do‘pposlagani, ularga maxsus komissiya tomonidan chora ko‘rilgani haqida xabar berilgan edi.

Mavzuga oid