27 oktabr kuni Toşkent şahridagi 236-sonli umumiy örta ta'lim maktabda 11-sinf öquvçilari öqituvçisini kaltaklaşgandi.

Maktabdagi tarix öqituvçisi Özbekiston davlat madhiyasi yangrayotgan vaqtda öquvçilar  hurmatsizlik qilib, madhiyani mazax qilişganida, öqituvçi ularga tanbeh berib, ularni tartibga çaqirgan. Şundan keyin 14 nafar öquvçi bir bölib, öqituvçini döpposlay boşlagan, öqituvçi jiddiy tan jarohati bilan şifoxonaga yotqizilgan.

16 noyabr kuni voyaga yetmaganlar komissiyasi tomonidan uşbu masalani körib çiqilgan, bu holat jiddiy muhokama qilingan.

Komissiya a'zolaridan biri «Kun.uz»ga xabar berişiça, komissiya a'zolari 14 öquvçining barçasini voyaga yetmagan bolalar uçun maxsus koloniyaga jönatiş taklifini bildirişgan. 

Lekin qonunçilikka köra, voyaga yetmagan bolalarni dastlab maxsus hisobga olmasdan turib, koloniyaga jönatib bölmaydi.

«Qonunçilikka köra, bir huquqbuzarlik uçun bir çora köriladi. Bu vaziyat uçun 3ta jazo turi bor bölib, şundan bittasini tanlaş mumkin edi: ota-onasiga jarima qöllaş, maxsus hisobga oliş va maxsus koloniyaga jönatiş. Maxsus koloniyaga jönatiş uçun bolalar avval maxsus hisobga olingan bölişi kerak edi.

Biz jarima jazosini juda yengil jazo deb topdik. Şuning uçun, ularga nisbatan maxsus hisobga oliş jazosi berildi. Ular bundan keyin içki işlar xodimlari nazorati ostida bölişadi», deya ma'lumot berdi komissiya a'zolaridan biri «Kun.uz»ga.