13:10 / 18.11.2018
39171

AQSh armiyasida jiddiy muammolar borligi ma'lum bo‘ldi

Foto: Loren Elliott/Reuters

AQSh armiyasi harbiy xizmatchilar yetishmovchiligiga duch kelgan — hozirda ularning soni Ikkinchi jahon urushi yakunlanganidan buyon eng kam darajada. Ekspertlar buni zudlik bilan hal qilish lozim bo‘lgan jiddiy muammo deyishmoqda, aks holda mamlakat beshta asosiy tahdid — Xitoy, Rossiya, Eron, Shimoliy Koreya va terrorizmga qarshi kurasha olmaydi. Bu haqda National Interest jurnali xabar qilmoqda.

Shuningdek, ko‘proq resurs va texnika zarur, deb hisoblamoqda mutaxassislar. Misol uchun, AQSh HDK milliy mudofaa strategiyasini amalga oshirishi uchun 355ta kema kerak, hozirda 286ta kema mavjud. HHKga 386 eskadrilya zarur, ammo ularning soni 312tani tashkil etadi. Piyoda qo‘shinlarida 500 ming o‘rniga 476 ming askar xizmat qilmoqda.  

Jurnalning yozishicha, qo‘shinlar soni va jangovar qudratiga mudofaa xarajatlarining qisqartirilishi sabab bo‘lgan. 2011 yildan buyon armiyaga ajratilgan xarajatlar 539 milliard dollarga kamaygan.

Avvalroq AQSh urushlar olib borish uchun 5,9 trillion dollarga yaqin mablag‘ sarflagani ma'lum qilingandi. Bunga nafaqat Pentagon sarflagan pullar, balki «Davlat departamenti tomonidan ajratilgan urush bilan bog‘liq xarajatlar» ham kiradi. 

Mavzuga oid
Top