Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pompeo Minsk kelishuvlari bajarilmaguniga qadar Rossiyaga qarshi sanksiyalar keskinlashib borishini aytdi
AQSh ma'muriyati Minsk kelishuvlari to‘liq bajarilmaguniga qadar Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni keskinlashtirib borishda davom etadi. Bu haqda AQSh davlat kotibi Maykl Pompeo Ukraina TIV rahbari Pavel Klimkin bilan muzokaralar yakunida ma'lum qildi.
"Biz Moskva Minsk kelishuvlarini to‘liq bajarmaguniga va Qrim ustidan nazoratni Ukrainaga qaytarmaguniga qadar Rossiyaga bosim o‘tkazamiz", - dedi u.
Minsk kelishuvlari Donbassdagi nizoni tinch yo‘l bilan hal etishni ko‘zda tutadi.
Moskva Rossiya Ukrainadagi nizoga aloqasi yo‘qligini va inqirozni hal etishda vositachi sifatida chiqayotganini bildirib keladi.