Jahon | 09:20 / 19.11.2018
6003
1 daqiqa o‘qiladi

Bolgariyada benzin narxining ko‘tarilishiga qarshi ommaviy norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi

Foto: REUTERS

Bolgariyada hukumat iste'fosi talab qilingan ommaviy norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.

Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, namoyishchilar benzin va sug‘urta polisi narxlarining ko‘tarilishiga qarshi chiqishgan.

Qayd etilishicha, tadbir ishtirokchilari eski avtoulovlarga transport solig‘i miqdorining oshishini ham tanqid qilishgan.

Shu bilan birga, namoyishlar natijasida mamlakatning asosiy magistrallari qisman to‘sib qo‘yildi.

Foto: REUTERS

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fransiyada yoqilg‘i narxlari o‘sishi tufayli transport xodimlarining ommaviy noroziligi boshlangandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid