Jahon | 13:04 / 19.11.2018
5473
1 daqiqa o‘qiladi

Kaliforniyadagi yong‘inlar. Qurbonlar soni ortmoqda

Foto: Robyn Beck/AFP/Getty Images

AQShning Kaliforniya shtatidagi o‘rmon yong‘inlari oqibatida halok bo‘lganlar soni 80 kishiga yetdi. Bu haqda ABC News xabar bermoqda.

Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, 1,2 mingdan ziyod kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda.

Qayd etilishicha, mahalliy rasmiylar ushbu ma'lumotni tasdiqlaganlar.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kaliforniyadagi yong‘inda mingdan ziyod kishi bedarak yo‘qolgani xabar qilingandi.

Bu yong‘in shtat tarixidagi eng halokatli va vayronakor  hodisaga aylandi. Yonib ketgan hudud hajmi 560 kvadrat kilometrdan ortiq, 12 mingdan ortiq bino hamda inshootlar yo‘q bo‘ldi. Taxminan 50 ming odam evakuatsiya qilindi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid