Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tadbirkorlardan 7 ming quti gugurt yoki 70 ming dollar berishlarini talab qilgan shaxs qo‘lga olindi
Chilonzor tumanidagi MChJlardan birining mansabdor shaxslaridan 7 ming quti gugurt yoki 70 ming dollar berishni talab qilgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, departamentning Chilonzor tuman bo‘limi tomonidan tuman prokuraturasi xodimlari bilan hamkorlikda tumandagi «K.P» MChJ binosida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
“Fuqaro S.I. mazkur jamiyat mansabdor shaxslari ustidan Bosh prokuratura va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ariza bilan murojaat qilish orqali qo‘rqitib, tovlamachilik yo‘li bilan 7000 quti gugurt mahsuloti yoki 70000 AQSh dollari berishni talab qilib, shundan 10000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan”, deyiladi xabarda.
Mazkur holat yuzasidan S.I.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
18:10 / 25.07.2019
Xitoyda 118ta bolani asrab olgan ayol 20 yilga qamaldi
10:10 / 26.06.2019
AQShda «rus xakerlariga qarshi kurashish» uchun ayol tovlamachilarga 136 ming dollar to‘ladi
09:49 / 28.08.2017
Andijon viloyatida “soxta” militsiya xodimi ushlandi
14:30 / 30.05.2017