Xitoyda "mehribon ona" nomi bilan tanilgan, 118ta bolani asrab olgan Li Yansya ismli ayol şantaj va tovlamaçilikda ayblanib 20 yilga qamaldi.
U şuningdek, 2,67 million yuan (393 ming dollar) jarima tölaydigan böldi va beş yil muddatga barça siyosiy huquqlardan mahrum etildi.
Uning asosiy şerigi Syuy Tsi 12,5 yarim yilga qamaldi, uç yilga siyosiy huquqlardan mahrum etildi va 1,2 million yuan (176 ming dollar) jarima tölaydigan böldi. Uşbu iş böyiça yana 14 kişi 1 yildan tört yilgaça ozodlikdan mahrum etildi.
Li Yansya keyingi 15 yil davomida xayriya va bolalarga yordam berişi bilan Xitoyda taniqli şaxs, telekanal va gazetalarning qahramoniga aylangandi. Tergovda aniqlanişiça, ayol va uning şeriklari bolalardan şaxsiy boylik orttiriş maqsadida foydalangan.
Ma'lum bölişiça, ötgan asrning 80-90-yillarida u yetarliça boy ayol bölgan va 1996 yilda birinçi yetim qizni asrab olgan. Ayol intervyularidan birida yetimlarni asrab olişni istaşini, “Muhabbat qişloği” deb nomlanuvçi bolalar uyini quriş uçun bor mol-mulkini sotganini aytgan.
Ammo 2018 yilda “Muhabbat qişloği” 4 yildan buyon heç qanday tekşiruvlardan ötmagani ma'lum böldi va noqonuniy faoliyat yuritişda gumonlandi.
Tergov davomida aniqlanişiça, ayolning turli banklarda 45ta hisob raqami bölib, ularda 20 million yuan (2,9 million dollar) pul bölgan, u şuningdek, Land Rover va Mercedes-Benz avtomobillariga egalik qilgan.
Ayol va uning şeriklari bolalardan öz maqsadlarida foydalanişgan. U turli muassasalar muhrlarini qalbakilaştirgan. Bundan taşqari, bolalar uyi tarbiyalanuvçilari va xodimlariga ijtimoiy nafaqa oliş uçun hujjatlarni soxtalaştirgan. Nafaqa olayotganlardan tört nafari vafot etganida hukumatga xabar bermagan va ular uçun ijtimoiy ta'minot olişda davom etgan. U şu yöl bilan 26 kişi uçun 500 ming yuandan ortiq (73,5 ming dollar) pul olgan.
Şu bilan birga, ayol 2014-2018 yillar davomida bolalar uyi hisob raqamidan öz hisob raqamiga 610 ming yuan (89 ming dollar) ötkazgan.

















