Baxmallik Esonboy (ism-şariflar özgartirilgan) tumandagi dehqon bozoriga yöl oldi. Oldindan rejalaştirganidek, töppa-töğri bozor rahbari Ş.Xonkeldiyev xonasiga kirib bordi, deb yozadi “Postda” gazetasi.

Salom-alikdan söng bozorqömga yuzlandi:

-  Şarifboy, meni bilasan, yerning tagida ilon qimirlasa sezaman. Unça-bunça odamning nozik tomonini topaman-da...

-  Tuşunmadim, Esonboy aka. Bu gapingiz bilan nima demoqçisiz?

-  Bozor katta, sen undan unça, bundan bunça, deganday, noqonuniy tirikçilik qilyapsan, buni sezib yuribman.

-  Haddingizdan oşmang, heç bir isbotsiz ustimdan mağzava ağdarmang, - jahli çiqdi Şarif Xonkeldiyevning.

-  Hov bola, - yoşi kattaligini peş qilib, osmondan kela boşladi Esonboy. – Aytganimni qilasan, aks holda şunday qilamanki, tuğilganingga puşaymon bölasan!

-  Bilganingizni qiling, mening birovdan muttahamlik joyim yöq.

Esonboy rejasi amalga oşmagani uçun kayfiyati buzilib, noiloj uyiga qaytdi. Qöliga qoğoz-qalam olib, Ş.Xonkeldiyevning ustidan töqib-biçib şikoyat arizani yozdi-da, tegişli idoraga jönatdi.

Oradan bir neça kun ötib, bundan voqif bölgan Şarif Xonkeldiyev nega ariza yozganini söraş maqsadida Esonboyga uçraşdi. Şikoyatini qaytarib olişni sörab iltimos qildi. Esonboy esa 15 million söm bersagina, arizasini qaytarib olişini aytdi.

Şarif bu odamning qandayligini yaxşi bilar edi. U mansabdorlarni qörqitib, ulardan tama evaziga pul olib, çöntagini qappaytiriş payidan bölardi. Şu bois “Heç qanday aybim bölmasa, qonun bor, adolat bor” deya u ham E.Kenjaboyev tovlamaçilik yöli bilan pul talab qilayotganligi töğrisida Baxmal tumani IIBga ariza bilan murojaat qildi.

E.Kenjaboyev qilmişi qonunga xilof ekanligini bila turib, tovlamaçilik yöli bilan Ş.Xonkeldiyevdan 6 million 500 ming söm olayotgan vaqtda içki işlar organlari xodimlari tomonidan qölga olindi.

Nafsiga erk qöyib, tuhmat evaziga daromad qilmoqçi bölgan tovlamaçiga nisbatan qonuniy çora körildi.