Andijon viloyati IIB tomonidan özini içki işlar xodimi sifatida taniştirib, fuqarolarni qörqitib, tovlamaçilik qilib yurgan şaxs uşlandi. Bu haqda Andijon viloyati IIB matbuot xizmati KUN.UZ ga xabar qildi. 

Ma'lumotlarga köra, joriy yil 26 avgust kuni Andijon viloyati Oltinköl tumanida yaşovçi, 1975 yilda tuğilgan F.Ya. Andijon viloyat IIBga ariza bilan murojaat qilgan. U öz arizasida 2017 yil 11 avgust kuni qöl telefonida “Odnoklassniki” ijtimoiy tarmoği orqali özini “Parpiyev Behruz” deb taniştirgan şaxs bilan tanişganligi va 2017 yil 22 avgust kuni “Behruz” bilan Andijon şahar Bobur maydoni yonida körişganini yozgan. Yigit F.Ya.ning “Samsung” rusumli qöl telefonini olib qöyib, özini huquqni muhofaza qiluvçi idora xodimi ekanligini va telefonidan 32 ta pornografik mazmundagi video tasvirlar çiqqanligini aytib, uşbu video tasvirlar uçun qonuniy çora körişlik bilan qörqitgan. Qonuniy çora körmaslik evaziga 100 AQŞ dollari olgan. 

F.Ya. öz arizasida davom etişiça, bir neça kun ötib “Behruz” F.Ya.ga qönğiroq qilib 2017 yil 26 avgust kuniga qadar yana 200 AQŞ dollari va 50.000 söm miqdorida pullarni talab qilib, agarda uşbu pullarni bermasa maxallasiga borib oilasi va tanişlariga şarmanda qilib, qamatib yuboriş bilan qörqitib, tovlamaçilik yöli bilan uşbu pullarni talab qilib kelayotgan «Parpiyev Behruz» ismli şaxsga nisbatan qonuniy çora körişlikni söragan.  

Uşbu ariza yuzasidan 26 avgust kuni Andijon viloyati IIB xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbir davomida Andijon şahar Amir Temur şoxköçasida joylaşgan “Avtoşoxbekat”da “Parpiyev Behruz” ismli şaxs arizaçi F.Ya.dan kimyoviy işlov berilgan 200 AQŞ dollari va 50.000 söm miqdoridagi pullarni olgan vaqtida uşlandi.
 
Olib borilgan suriştiruv harakatlari davomida “Parpiyev Behruz” aslida, Andijon tumani Serfayz köçasida yaşovçi 1989 yilda tuğilgan G.I. ekanligi aniqlandi. Undan kimyoviy işlov berilgan 200 AQŞ dollari va 50.000 söm mikdoridagi pullar daliliy aşyo sifatida olindi.

Uşbu holat yuzasidan Andijon viloyati IIB Tergov boşqarmasi tomonidan Özbekiston Respublikasi JKning 165-moddasi 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatiş masalasini körib çiqmoqda.