Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda «rus xakerlariga qarshi kurashish» uchun ayol tovlamachilarga 136 ming dollar to‘ladi
AQShda yashovchi ayol tovlamachilar uning kompyuteriga "rus xakerlari" hujum qilganini aytishganidan so‘ng ularga 136 ming dollardan ortiq pul bergan, deyiladi Nyu-York janubiy okrugi federal sudi xulosasida.
Nyu-Yorkning Bronks rayonida yashovchi Gunjit Malxotra, Gurjit Singx va Jes Pel kompyuter tovlamachiligida ayblanmoqda. Ular viruslar yordamida o‘z qurbonlarining kompyuterlarini buzib kirishgan va ularga viruslarni yo‘q qilish uchun o‘z xizmatlarini taklif etishgan.
"9-raqamli qurbonning ma'lum qilishi, 2018 yil apreldan 2019 yil fevraligacha u o‘zlarini "qo‘llab-quvvatlash xizmatidan" deb tanishtirgan shaxslar bilan telefon orqali o‘nlab marta muloqot qilgan. Ular ayolga xavfsizlik tizimi va tarmoq qurilmasi bilan muammolar yuzaga kelganini aytishgan. Ular bir necha hafta oralig‘ida qo‘ng‘iroq qilib turishgan va qurbonni uning kompyuteriga "rus xakerlari" hujum qilganiga ishontirishgan", - deyiladi ayblov xulosasida.
Oqibatda ayol ikkita soxta kompaniyaga "texnik xizmatlari" uchun 136 ming 600 dollar to‘lagan.
Tovlamachilar qurbonlari orasida ularning "rus xakerlari" haqidagi cho‘pchaklariga ishongan bir erkak ham bo‘lib, u atigi 225 dollaridan ayrilgan.
Mavzuga oid
17:53 / 08.06.2026
AQSh Davlat kotibi Marko Rubio Markaziy Osiyo mamlakatlariga tashrif buyurmoqchi
10:30 / 08.06.2026
AQSh poytaxtida o‘zbek tadbirkorlari uchun maxsus dastur ishga tushirildi
09:30 / 08.06.2026
Tramp: Netanyahu Eron bo‘yicha har qanday kelishuvni qabul qiladi
08:50 / 08.06.2026