Jahon | 15:14 / 19.11.2018
15577
2 daqiqa o‘qiladi

Tojikiston MXDQ IShIDga a'zo bo‘lgan fuqarolar sonini aytdi

Foto: AP

Suriya va Iroqda IShID terrorchilik guruhi tomonida jangovar harakatlarda Tojikistonning 1899 nafar fuqarosi qatnashgan. Bu haqda Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Mansurjon Umarov mamlakat parlamenti quyi palatasi majlisida ma'lum qildi.

Avvalroq, Tojikiston hukumati IShIDga qo‘shilgan fuqarolar soni 1100 kishidan oshmasligini bildirgandi.

Mansurjon Umarovning aytishicha, Tojikiston fuqarolari Turkiya hududi orqali Suriya va Iroqqa borishgan, bunda Moskva, Bishkek, Dubay va Boku shaharlaridan kelishgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda jangarilar oilalarining yuzlab a'zolari Suriya, Iroq va Afg‘onistonda bo‘lib turibdi. «Muammo shundaki, IShID jangarilari - Tojikiston fuqarolarining o‘limidan so‘ng, ularning xotinlari va farzandlari bu mamlakatlarda qolib, boshqa terrorchilik tashkilotlari tomonidan «miyasiga bosim o‘tkazilmoqda», - dedi Umarov.

Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosarining qo‘shimcha qilishicha, Suriya va Iroqda bo‘lib turgan 80dan ortiq fuqaro Tojikiston rasmiylari tomonidan vataniga qaytarilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, 1700dan ziyod tojikistonlik jangarilar qidiruvga berildi. Rasmiylar hali Suriya va Iroqda o‘ldirilgan tojikistonliklar soni to‘g‘risida aniq ma'lumotga ega emas.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq BMTning inson huquqlari bo‘yicha qo‘mitasi Tojikistondan 2012 yilgi voqealar bo‘yicha hisobot talab qilgandi.

Mavzuga oid