Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Maktab o‘quvchilari mashinani haydab qochib, YTH sodir etishdi
Shu yilning 19 noyabr kuni Namangan shahrida yashovchi M.T. IIB.ga murojaat qilgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.
Bildirilishicha, unda joriy yilning 18 noyabr kuni soat 22:00larda noma'lum shaxs Q.Otamirzayev ko‘chasida joylashgan sartaroshxona oldida qarovsiz qoldirilgan “VAZ-2103” rusumli avtomashinani haydab qochganligini ma'lum qilgan.
Olib borilgan qidiruv va surishtiruv ishlari natijasida noma'lum shaxs avtomashinani Namangan shahridagi “Fazo” chorrahasida haydab ketayotib, shu yerda svetoforning qizil chirog‘iga to‘xtab turgan X.Q.ga tegishli “Neksiya” rusumli avtomashinaning orqa qismiga urilib, to‘qnashuv sodir etgan va avtomashinani voqea joyida qoldirib, o‘zi u yerdan yashiringanligi aniqlangan.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Namangan shahrida yashovchi, 15-sonli o‘rta maktabning 9-sinf o‘quvchilari M.M. va J.S. sodir etganliklari aniqlanib, qo‘lga olingan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
13:57 / 25.06.2026
«Andijon polkasi» tadbiriga ketayotgan o‘quvchilar YTHga uchradi
18:50 / 24.06.2026
Avtomobil tezligini avtomatik cheklaydigan tizim sinovlardan o‘tolmadi
20:30 / 23.06.2026
Haydovchiga sug‘urta tovoni uchun aybdor tomon sug‘urtalovchisiga murojaat qilish imkoniyati berildi
20:20 / 23.06.2026