Prezident qarori: Rostov-Donda O‘zbekiston bosh konsulxonasi ochildi
Prezident qarori bilan Rostov-Don shahrida (Rossiya Federatsiyasi) O‘zbekiston Respublikasining bosh konsulxonasi ochildi. Bu haqda Adliya vazirligi telegram-kanali xabar bermoqda.
Bosh konsulxona O‘zbekiston fuqarolari hamda yuridik shaxslariga sifatli konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatadi, shuningdek, mehnat faoliyatini muvofiqlashtiradi hamda mehnat migrantlari bo‘lib turgan davlatda ularning huquq va qonuniy manfaatlarini amalga oshirishlarida ko‘maklashadi.
Shu munosabat bilan Tashqi ishlar vazirligiga mas'ul vazirlik va idoralar bilan birgalikda Rostov-Don shahridagi bosh konsulxonani konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatish va mehnat migrantlari masalalari bo‘yicha mutaxassislar bilan to‘ldirish vazifasi topshirildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonning Yekaterinburgdagi bosh konsulxonasi o‘z faoliyatini boshlagandi.
Mavzuga oid
10:28 / 10.09.2024
Turkiyaning yana bir shahrida O‘zbekiston faxriy konsulxonasi ochildi
07:50 / 22.04.2024
Ozarboyjonning Ganja shahrida O‘zbekistonning faxriy konsulxonasi ochildi
18:12 / 26.01.2024
O‘zbekistonning Dubaydagi yangi bosh konsuli faoliyatini boshladi
20:45 / 25.11.2023