Rossiya tomoni Rostov-Don şahar Transport departamenti faoliyati va korxonalar xodimlari uçun yaratilgan şart-şaroitlar hamda imtiyozlar haqida ma’lumot berdi.
Iş beruvçilarning ta’kidlaşiça, korxonada jami 650-700 ta yölovçi avtobusi mavjud bölib, avtobus haydovçilarining yetişmasligi 40 foizni taşkil etyapti. Xususan, hozirgi kunda "D" toifasidagi haydovçilik guvohnomasiga ega bölgan 100 nafar haydovçini işga oliş rejalaştirilgan.
Rossiya vakillari Özbekistondan kelib işlayotganlar haqida ijobiy fikr bildirdi. Şuningdek, taklif etilayotgan böş iş örinlariga Özbekiston fuqarolarini jalb qilişga tayyorligini ma’lum qildi.
Boş konsulxona xodimlari Rossiya tomonini Özbekiston fuqarolarini xorijda qonuniy asosda işga jalb qiliş tartibi va şartlari bilan taniştirdi.
Uçraşuv yakunida xorijiy iş beruvçi bilan taşqi mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlikni davom ettirişga kelişib olindi.

















