2025 yilga möljallangan davlat dasturi loyihasi muhokama uçun e’lon qilindi.
Kanada, Braziliya va Amerika qit’asining boşqa yetakçi hamkor mamlakatlari bilan keng qamrovli hamkorlik aloqalarini yanada çuqurlaştiriş va har tomonlama kengaytiriş rejalaştirilmoqda.
Kanada, Braziliya, Kuba bilan siyosiy maslahatlaşuvlarning navbatdagi raundlari taşkil etiladi.
Kanadada Özbekiston Boş konsulxonasini oçiş masalasi işlab çiqiladi.
Braziliya, Kanada, Argentina va boşqa yetakçi davlatlarning salohiyatli kompaniyalarini Özbekistonga jalb qiliş orqali qöşma loyihalarni amalga oşiriş va turli iqtisodiy tadbirlar taşkil etiş masalasi işlab çiqiladi.
Kuba bilan soğliqni saqlaş va farmatsevtika sohalaridagi hamkorlik aloqalari kengaytiriladi.
Lotin Amerikasida qişloq xöjaligi sohasi rivojlangan mamlakatlarning mutasaddi vazirlik va davlat idoralari bilan hamkorlik aloqalari örnatiladi va özaro tajriba almaşiladi.
Madaniy va sport sohasida özaro aloqalarni rivojlantiriş uçun Özbekiston va Lotin Amerikasi davlatlarida taşkil etiladigan turli tadbir va festivallarda soha vakillari iştiroki ta’minlanadi.













