O‘zbekiston | 13:08 / 21.11.2018
26119
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiyadan O‘zbekistonga past turistik oqim sabablari aniqlandi

Foto: KUN.UZ

O‘zbekistonning Novosibirskda sayyohlik yo‘nalishi sifatida bo‘lib o‘tgan taqdimotida Rossiyadan past turistik oqim sabablari aniqlandi, deya xabar beradi Rossiya Milliy sayyohlik uyushmasi.

Mamlakat elchisi Botir Asadov tomonidan taqdim etilgan ma'lumotga qaramay, Rossiya Turoperatorlari assotsiatsiyasi boshqa raqamlarni keltirgan. Asadov 2018 yil yanvar-sentabr oylarida rossiyaliklar turistik oqimi 30 foizga o‘sgani, sayyohlar umumiy soni 350 ming kishiga yetgani haqida xabar berdi.

Biroq, uyushma ekspertlarining FXX chegara xizmatlari ma'lumotlariga tayanib bildirishlaricha, O‘zbekistonga faqat 128 808 nafar kishi tashrif buyurgan, turizm maqsadida - 27 158 nafar, bu 2017 yil ko‘rsatkichlaridan 25,9 foizga ko‘p.

Ta'kidlanishicha, qimmat aviaqatnov, temir yo‘ldagi uzoq safar va O‘zbekistonning sayyohlik yo‘nalishi sifatida reklamasi yo‘qligi tufayli mamlakat rossiyaliklar orasida kam qiziqishga sabab bo‘lmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonga Rossiyadan sayyohlar oqimi 1,3 barobarga oshgani xabar berilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid