Jamiyat | 21:44 / 24.11.2018
10223
1 daqiqa o‘qiladi
Tataristonda qutqaruv xizmati operatori telefon orqali tug‘ruq qabul qildi
Tataristonda shoshilinch chaqiruv xizmati xodimasi Natalya Petryayeva telefon orqali tug‘ruq qabul qildi, deb xabar berdi respublika FVV boshqarmasi.
Xabarda aytilishicha, chaqiruv xizmatiga erkak qo‘ng‘iroq qilib xotinida to‘lg‘oq boshlanganini aytgan va tez tibbiy yordam mashinasini jo‘natishlarini so‘ragan.
Bir ozdan so‘ng esa u yana qo‘ng‘iroq qilib, bola tug‘ila boshlaganini aytgan.
— Biz uni tez tibbiy yordam xizmati bilan bog‘ladik, unga mazkur holatda nimalar qilishi kerakligi haqida maslahat berib turdik, — deydi operator.
Bir ozdan so‘ng shifokorlar aytilgan manzilga yetib kelishgan hamda ona va chaqaloqni tug‘ruqxonaga olib ketishgan.
Mavzuga oid
10:50 / 24.10.2024
Tatariston O‘zbekistonda qo‘shma iqtisodiy va sanoat zonalari faoliyatini kengaytiradi
07:30 / 24.10.2024
Shavkat Mirziyoyev Tataristonning "Do‘stlik" ordeni bilan taqdirlandi
15:56 / 08.10.2024
Tug‘uruqxonalardagi o‘limni qanday kamaytirish mumkin? – Saudiyada ishlayotgan o‘zbek shifokori bilan suhbat
17:06 / 29.09.2024