Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
TIV Gruziyada o‘zbekistonlik ayolning o‘ldirilgani haqidagi xabar bo‘yicha ma'lumot berdi
24 noyabr kuni Gruziyaning Batumi shahridagi mehmonxonalardan birida joylashgan Princess kazinosida bir O‘zbekiston fuqarosi tajovuz oqibatida halok bo‘lgani, boshqa biri jarohat olgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
O‘zbekiston TIVning bildirishicha, O‘zbekistonning Ozarbayjondagi elchixonasi Konsullik bo‘limi vaziyatga oydinlik kiritish uchun Gruziya IIV bilan bog‘langan.
“U yerda voqeaning yuz berganini tasdiqlashdi. 1987 yilda tug‘ilgan I.Ziyodullayeva shifoxonaga olib borilayotganda vafot etgan, 1980 yilda tug‘ilgan X.Mahkamova esa jarohat olgan va hozirda muolaja qilinmoqda. Pichoq bilan jarohat yetkazgan Turkiya fuqarosi L.Kulturk jinoyat joyida qo‘lga olingan va unga qarshi “qasddan odam o‘ldirish” moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan”, deyiladi O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabarida.

Xabarda aytilishicha, Konsullik bo‘limi mazkur masalani nazoratga olgan.
Mavzuga oid
16:53 / 04.06.2026
Buyuk Britaniyada 18 yoshli talaba o‘limi tufayli namoyish va tartibsizliklar ro‘y berdi
15:10 / 20.05.2026
Qo‘qonda 19 yoshli qiz qotillikka qo‘l urdi
00:04 / 20.05.2026
Ispaniyada Mango do‘konlari asoschisining o‘g‘li otasini o‘ldirishda gumon qilinib ushlandi
17:53 / 11.05.2026