Turkiya fuqarosi bölgan keksa yoşli erkak Batumida Özbekiston fuqarosi bölgan ayolni öldirganlikda ayblanmoqda. Bu haqda «Novosti-Gruzii» xabar berdi.

Jinoyat bugun tunda Batumi markazidagi mehmonxonalardan birida joylaşgan Princess kazinosida röy berdi.

Tergovning aniqlaşiça, 57 yoşli gumonlanuvçi raşk tufayli Özbekiston fuqarolari bölgan ikki ayolga qölida sovuq qurol bilan taşlangan. U 38 yoşli va 31 yoşli ayollarga jarohat yetkazdi.

Özbekistonlik 31 yoşli ayol voqea joyida tez tibbiy yordam yetib kelişiga qadar vafot etdi. 38 yoşli ayol esa, Batumidagi klinikalardan biriga olib ketildi, uning ahvoli barqaror oğir darajada.

Ayblanuvçi voqea joyida qölga olindi. «Qasddan odam öldiriş» moddasi böyiça tergov davom etyapti, bu şaxs 7 yildan 15 yilgaça ozodlikdan mahrum qilinişi mumkin.