Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ramos va Solari yirik mag‘lubiyatga ikki xil izoh berdi
«Real» himoyachisi Serxio Ramosning fikricha, jamoa a'zolarining «Eybar» klubiga jiddiy qaramagani yakunda yirik mag‘lubiyatga (0:3) sabab bo‘ldi.
«Biz kerakli darajada o‘yin ko‘rsatmadik. O‘zimizni oqlashga sababimiz yo‘q. Raqibni yengishga kuchli istak va to‘g‘ri munosabat bo‘lmas ekan, oqibati shu bo‘ladi.
Natija salbiy ko‘rinish olganda jamoa o‘yinidagi dinamika ham yomonlasha boradi. Jamoamiz o‘yinning borishini o‘zgartira olmadi. Hammasi xato ketdi, ammo «Eybar»ni tabriklayman.
O‘yin tahlil qilinishi kerak. Munosabat to‘g‘rilanmas ekan, hammasi qiyinlashib boraveradi. Jismoniy jihatdan biz qoniqarsiz formada emasmiz, bu yerda futbolchilar tomonidan o‘yinga yetarlicha jiddiy e'tibor bilan yondashilmagani sabab bo‘ldi.
Bu tahlilni men bajarishga majbur emasman», - deb aytib o‘tgan Ramosning so‘zlaridan iqtibos keltirdi Marca.

Nashrning qo‘shimcha qilishicha, bosh murabbiy Santyago Solari o‘yindan keyin jamoa sardorining mulohazalariga zid fikr bildirgan.
«Futbolchilarning o‘yinga munosabati borasida muammo bo‘lgani yo‘q. Barcha o‘yinchilar mehnat qilishdi, jamoaning hech qaysi a'zosi taslim bo‘lmadi, deb hisoblayman.
Biz o‘yin boshidagi kurashlarni boy berganimiz rost, ammo bu futbolchilarning o‘yinga e'tibori sust bo‘lganini anglatmaydi», - dedi Solari.
Eslatib o‘tamiz, «Real» «Eybar» maydonida 16-, 52- va 57-daqiqalarda to‘p o‘tkazib yuborgan edi.
Mavzuga oid
18:01 / 08.05.2026
«Real»da xaos. Valverde va Chuameni mushtlashib ketdi
20:19 / 06.05.2026
Mbappe – mojaro markazida. U klasikoga tayyorlanish o‘rniga ta’tilga ketdi va jamoadoshlarini g‘azablantirdi
21:10 / 05.05.2026
«Real» muxlislari Mbappening ketishi uchun deyarli 1,5 mln imzo to‘pladi
13:31 / 04.05.2026