Amerikalik beysbolçi Mayk Traut Boş beysbol ligasi MLB’ning “Los-Anjyeles Enjyels” klubi bilan sport tarixidagi rekord qiymatdagi şartnomani imzoladi. Şartnoma 12 yilga möljallangan bölib, qiymati 430 mln dollarni taşkil qilgan. Bu haqda ESPN telekanali xabar berdi.

Bungaça rekord amerikalik beysbolçi Brays Xarperga tegişli bölib, u 2 mart kuni “Filadelfiya Fillis” klubi bilan 330 mln dollarlik 13 yillik şartnoma imzolagandi. 

Traut 28 yoşda bölib, autfilder pozitsiyasida öynaydi. Beysbolçi klub uçun 2011 yildan beri iştirok etadi. U muntazam çempionat natijalariga köra 2 marta (2014 va 2016 yillar) Amerika ligasining (MLB’ning 2 ligasidan biri) eng qimmatli öyinçisi deb topilgan.