Bundan oldingi rekord şu holatda 8 soat-u 1 daqiqa tura olgan xitoylik Mao Veydung tomonidan tört yil oldin örnatilgan edi.

Ayollar örtasida esa kanadalik Dana Glovatska rekordçi sanaladi. U ötgan yili 4 soat, 19 daqiqa-yu 55 soniya tirsak va oyoq uçlariga tayangan holda turişning uddasidan çiqqandi.

BBC xabariga köra, Jorj Hud yangi jahon rekordini örnatib, planka maşqini töxtatgaç, 75 marta «otjimaniya» maşqini ham bajargan.

Foto: Josef Holic

Şundan söng u planka maşqi bilan rekord örnatişga boşqa harakat qilmasligini e'lon qilgan. Özining aytişiça, u dunyo rekordini yangilaşga tayyorgarlik jarayonida umumiy hisobda taxminan 2100 soat maşq qilgan.

62 yoşli Hud AQŞ harbiy dengiz piyoda qöşinlarining nafaqadagi askari hisoblanadi. U 2011 yildan buyon planking bilan şuğullanib keladi.

Foto: Josef Holic Photography / CNN

Çikagoda ötgan tadbir davomida Jorj rok musiqasini tinglab, tomoşabinlar bilan muloqotda bölib turdi.