O‘zbekiston | 10:43 / 28.11.2018
3661
1 daqiqa o‘qiladi

Abdulaziz Komilov Jyenevada AQSh amaldori bilan uchrashdi

Foto: TIV axborot xizmati

2018 yilning 27 noyabr kuni Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiyada ishtirok maqsadida Shveytsariyada bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Jyeneva shahrida AQSh davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo ishlari bo‘yicha yordamchisi birinchi o‘rinbosari Elis Uells bilan uchrashdi.

TIV xabariga ko‘ra, suhbat chog‘ida O‘zbekiston prezidentining 2018 yil maydagi AQShga rasmiy tashrifi va oliy darajadagi muzokaralar davomida erishilgan kelishuvlarni tatbiq etish doirasida O‘zbekiston-AQSh hamkorligini rivojlantirishning amaliy jihatlari hamda xalqaro va mintaqaviy siyosatga oid ayrim masalalar muhokama qilindi.

Uchrashuvda o‘z ishini boshlayotgan Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiya kun tartibi va ushbu davlatdagi tinchlik jarayonini boshlash yuzasidan fikr almashildi, deyiladi xabarda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid