Jahon | 09:54 / 28.11.2018
21195
2 daqiqa o‘qiladi

Ukrainada AQSh harbiy bazasi paydo bo‘lishi mumkin

Foto: RIA Novosti/Mixail Markiv

Ukraina Qo‘shma Shtatlar bilan mamlakatda AQSh harbiy bazasini qurish borasida muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda iz.ru diplomatik doiralardagi manbalarga asosan xabar qildi.

Ta'kidlanishicha, bu ma'lumotni Ukraina Oliy radasi deputati Ivan Vinnik ham tasdiqlagan. Uning bildirishicha, Kiyevga Moskvaning «tahdidlaridan» o‘zini himoya qilish uchun Amerika bazasi kerak.

«Agar siyosiy daraja haqida gapiradigan bo‘lsak, amerikaliklar bilan muloqot olib borilmoqda. Agar qonuniy jihatni tilga oladigan bo‘lsa, unda bu Ukrainaning NATOga integratsiyasidan darak beradi», - deya tushuntirdi Vinnik.

Shu bilan birga, Amerika siyosiy doiralardagi manbaning qayd etishicha, bu «qadam Moskva bilan munosabatlarni yanada keskinlashtiradi», shuning uchun Vashington hozircha Kiyevga tegishli kafolatlar bermayapti.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq FXX ukrainalik dengizchilar so‘roq qilingani aks etgan videoni e'lon qilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid