Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
FXX ukrainalik dengizchilar so‘roq qilingani aks etgan videoni e'lon qildi
Rossiya Federal xavfsizlik xizmati Kerch bo‘g‘ozidagi mojaroda qo‘lga olingan ukrainalik harbiy xizmatchilar so‘roqqa tutilgani tasvirlangan uchta videoni e'lon qildi. Videodagi shaxslarning ismi, lavozimini tasdiqlovchi hech qanday ma'lumot yo‘q.
Birinchi so‘roqdagi shaxs o‘zini «Nikopol» kateri ekipaji a'zosi Andrey Drach sifatida tanishtirgan. FXX ma'lumotiga ko‘ra, u Ukrainaning Xavfsizlik xizmati harbiy aksilrazvedkasi xodimi, katta leytenant sanaladi.
Ikkinchi shaxs o‘zini «Nikopol» kateri matrosi Sergey Tsibizov deb atagan. U Drachning so‘zlarini tasdiqlagan.
Uchinchi shaxs o‘zini Ukraina harbiy-dengiz kuchlarining «Yug» harbiy-dengiz bazasi kemalar ta'minoti divizioni qo‘mondoni, uchinchi rangdagi kapitan Vladimir Lesov sifatida tanishtirdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina armiyasi to‘liq jangovar shay holatga keltirilgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
10:03 / 11.07.2026
Rossiyada BMW ruxsatsiz yig‘ilayotgani aytildi
09:19 / 11.07.2026
Rossiya Azov-Don kanali orqali kemalar harakatini chekladi
08:56 / 11.07.2026
Ukraina Rossiyadagi strategik obektlarga zarbalarni kengaytirmoqchi
20:34 / 10.07.2026