OAV: Azov dengizidagi hodisa Rossiya foydasiga ishlamaydi
Kerch bo‘g‘ozidagi hodisa tufayli Rossiya prezidenti Vladimir Putin Yevropa va AQSh ichki mojarolar bilan bo‘lingan bir paytda, «G‘arbning Ukraina tomonida qolish bo‘yicha mustahkam qarorini» tekshirib ko‘rishi mumkin. Bu haqda The Japan Times yozmoqda.
Shunga qaramay, Azov dengizidagi keskinlik Moskvaning Vashington bilan yaqinlashuv imkoniyatlarini yo‘qqa chiqarishi ham ehtimolga yaqin, deyiladi materialda. Bunday holda, Ukraina Rossiya bilan qarama-qarshilikdan «diplomatik ustunlikka» ega bo‘ladi. Xususan, yevropalik diplomatlar Moskva harakatlarini qoralashdi, AQShning BMTdagi elchisi Nikki Xeyli esa vaziyat keskinlashganida Moskva aybdor ekanini bildirdi.
Argentinadagi G-20 sammiti arafasida Kerch bo‘g‘ozidagi voqea Rossiyaning foydasiga ishlamaydi, deya yozadi gazeta. Tahlilchilar Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar joriy etilishini kutishmoqda.
25 noyabr kuni FXX Ukrainaning uchta harbiy kemasi Rossiya hududiy suvlariga kirgani haqida xabar qildi. Kemalar Odessadan Mariupolga yo‘l olayotgan bo‘lgan, lekin ularni Kerch bo‘g‘ozidan o‘tkazishmadi. Ukraina tomonining bildirishicha, avval Rossiya kemalar kelishi haqida xabardor etilgan, FXX buning aksini iddao qilmoqda.
Shu kuniyoq Ukraina harbiy-dengiz kuchlari Rossiya katerlari mamlakat kemalari guruhi Kerch bo‘g‘ozidan chiqib ketayotganida unga qarata o‘t ochganini ma'lum qildi. Rossiya chegarachilarining bunday xatti-harakati tufayli olti nafar dengizchi yaralandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Poroshenko NATOni Azov dengiziga kemalar jo‘natishga chaqirgandi.
Mavzuga oid
19:02
The Guardian: Buyuk Britaniya hukumat almashganidan keyin Ukrainaga raketalar yetkazishni to‘xtatdi
13:30
Tramp yutsa urushni bir sutkada to‘xtatishni va’da qilgandi. U yutdi - xo‘sh?
23:26 / 09.11.2024
“G‘arbning geosiyosiy ochko‘zligi kelishmovchiliklar bosh sababi” – Putinning “Valday”dagi chiqishi
17:00 / 09.11.2024