“Vaqf” fondi Namanganda nikoh va sunnat to‘ylarini o‘tkazdi
Namangan shahridagi “Shodiyona” tantanalar majmuasida O‘zbekiston Musulmonlar idorasi “Vaqf” xayriya jamoat fondi tomonidan respublikada ilk marotaba “Nikoh to‘ylari” aksiyasi o‘tkazildi.
Xayriya aksiyasi doirasida 2 nafar kelin-kuyovning nikoh hamda ehtiyojmand oilalarning 12 nafar farzandi uchun xatna aqiqa to‘ylari ko‘tarinki ruhda nishonlandi.
Tantanali bayram tadbirida “Vaqf” fondi targ‘ibot ishlari rahbari Odilxon qori Yunusxon o‘g‘li, Namangan shahar hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov, “Nuroniy” jamg‘armasi viloyat bo‘limi raisi Ikromxon Najmiddinov, O‘zbekiston musulmonlari idorasi Namangan viloyati vakili Abdulhay qori Tursunov, viloyat hokimining o‘rinbosari Iroda Qo‘chqorova, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi raisi Abdulaziz Mo‘minov so‘zga chiqib, katta hayot ostonasida turgan yoshlar va to‘ybolalarni tabriklab, ezgu tilaklarini bildirdilar.
“Vaqf” fondi yordamga muhtoj kishilar, nogironligi borlar, yolg‘iz keksalar, boquvchisini yo‘qotgan fuqarolar hamda kam daromadli oilalarga muntazam ravishda yaqindan yordam ko‘rsatib kelmoqda. Xayriya fondi shu vaqtga qadar 1 milliard so‘mdan ziyod saxovat ishlarini amalga oshirdi.
Fondning “Nikoh to‘ylari” aksiyasida mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari va kam ta'minlangan oilalarning farzandlarini nikoh va xatna to‘ylarini o‘tkazib berish nazarda tutilgan. “Ro‘zg‘or” loyihasida esa kam ta'minlangan, boquvchisini yo‘qotgan, nogironligi bor kishilarning uylariga ro‘zg‘orlik qilib beriladi. “Obod xonadon” loyihasida esa ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarning manzillarini topish, ularning uy-joylarini qurish va ta'mirlashga yordam beriladi. “Ehtiyojmandlarga ko‘mak” loyihasi orqali kiyim-kechak, mebel, maishiy texnika jihozlari va boshqa uy-ro‘zg‘or buyumlarini yig‘ish va ehtiyojmandlarga beg‘araz berish amalga oshiriladi. Shuningdek, fond “Obi hayot” loyihasida yaqin kelajakda ishga tushirib, unda olis qishloq va ovullarda suv chiqarish rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
22:25 / 12.11.2024
Sud Pop tumani hokimining o‘g‘lini qamoqqa qaytardi
21:11 / 11.11.2024
Namanganda poyezd bilan to‘qnashgan Damas haydovchisi halok bo‘ldi
17:35 / 11.11.2024
Namanganda to‘yona ko‘rinishida pora olgan kadastr bo‘limi boshlig‘i 5 yilga qamaldi
09:30 / 07.11.2024