O‘zbekistonda 5 kun davom etgan keng ko‘lamli harbiy o‘quv mashg‘ulotlari yakunlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondonining farmoyishiga binoan 26 noyabr erta tongda Mudofaa vazirligi qo‘shinlarining jangovar shayligini tekshirish uchun boshlangan keng ko‘lamli o‘quv mashg‘ulotlari yakunlandi.
Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, tekshiruv davomida qo‘shinlar mamlakatdagi sakkizta dala o‘quv maydonlarida amaliy mashqlar bajarishdi.
Bugun, 30 noyabr kuni vazirlik qo‘shinlari yuqori jangovar shayligini tekshirishning kompleks tadbirlari yakunlandi.
Vazirlik yana bir bor harbiy o‘quv mashg‘ulotlari vaqtida yo‘l harakatlari qoidalariga rioya etishga chaqirgan.
«Og‘ir yuk mashinalari va jangovar texnikalardan iborat kolonnalarning harbiy qism hududlariga avtomobil yo‘llari orqali qaytarilishi munosabati bilan, shuningdek, ko‘ngilsiz hodisalarning oldini olish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi mamlakatimiz fuqarolaridan harakatlanuvchi kolonnalarga xalaqit bermaslikni, yo‘l harakati qoidalariga qat'iy rioya etish va yo‘l-patrul xizmati xodimlarining talablarini so‘zsiz bajarishni so‘raydi», deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, 26 noyabr kuni prezident farmoyishi bilan O‘zbekistonda jangovar shaylikni tekshirish maqsadida mashg‘ulotlar boshlangandi.
Mashg‘ulotlarning ilk kunida Shahrisabz – Qarshi avtomobil yo‘lida og‘ir harbiy texnikalardan iborat kolonna va «Lacetti» rusumli avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berib, 3 kishi halok bo‘ldi.
Mudofaa vazirligi qo‘shinlarini to‘satdan tekshirish davomida qo‘shinlar o‘quv-jangovar vazifalarni bajarish punktlariga tashlandi.
Mashg‘ulotlarning oxirgi kunida Mudofaa vazirligi qo‘shinlari shartli dushmanni yo‘q qilish amaliyotlarini bajarishdi.
Mavzuga oid
18:23 / 07.11.2024
Chaqiriqqacha boshlang‘ich tayyorgarlik o‘qituvchisi shtati Mudofaa vazirligiga o‘tadi
17:54 / 31.08.2024
Markaziy harbiy okrugda zirhli va maxsus harbiy texnikalarni ta’mirlash yo‘lga qo‘yildi
21:42 / 20.08.2024
Rossiya Mudofaa vazirligi «Belgorod», «Bryansk» va «Kursk» qo‘shin guruhlarini tashkil etdi
14:19 / 04.06.2024