Özbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuçlar Oliy Boş Qömondoni Şavkat Mirziyoyevning tegişli farmoyişiga muvofiq, 26 noyabr erta tongda Mudofaa vazirligi qöşinlari öquv trevogasi böyiça kötarildi, bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati "KUN.UZ"ga ma'lum qildi.

Mazkur tadbirda Mudofaa vazirligi qöşinlarining jangovar şayligi tekşiriladi. U beş kun davom etib, tört bosqiçda amalga oşiriladi.

Maşğulotlar davomida Mudofaa vazirligi markaziy apparatining boşqaruvni amalga oşirişi hamda qöşinlarni yuqori darajadagi jangovar şaylikka keltirişi, şuningdek, bölinmalarning uyuşqoqlik bilan belgilangan hududlarga çiqib ketişi va tezkor vazifalarni bajarişga tayyor ekanligi bilan boğliq masalalar körib çiqiladi.

Ta'kidlaş lozimki, bugungi kunga kadar harbiy xizmatçilarning jangovar şayligi, harbiy texnika, qurol-yaroğ va moddiy-texnika vositalari bilan ta'minlanganlik darajasi bu kabi keng kölamli tekşiruvdan ötkazilmagan. 

Kompleks tekşiruvlarning asosiy vazifasi Mudofaa vazirligi tasarrufidagi harbiy qism va muassasalarning jangovar şayligini hamda belgilangan muddat içida yuklatilgan vazifalarni bajariş imkoniyatlarini baholaş, ötkazilayotgan harbiy öquvlarda komandirlar tarkibining jangovar topşiriqlarni bajariş, hujjatlar bilan töliq va öz vaqtida işlaş könikmasini sinovdan ötkazişdan iborat.