Jahon | 14:17 / 01.12.2018
19606
2 daqiqa o‘qiladi

Foto: Angela Merkel G20 sammitiga oddiy samolyotda uchib keldi

Foto: AFP

Germaniya kansleri Angela Merkel Iberia aviakompaniyasining oddiy yo‘lovchi samolyotida Argentinadagi G20 davlatlari yetakchilari sammitiga uchib keldi. U bunday qarorni Konrad Adenauer hukumat layneri Kyolnga texnik nosozlik tufayli favqulodda qo‘nganidan keyin qabul qildi.

Germaniya hukumati rahbari Madridga yo‘l oldi, u yerdan Buenos-Ayresga parvoz qildi. Merkel bilan birgalikda moliya vaziri Olaf Sholts ham Argentinaga uchib ketdi. Hukumat a'zolarining bortda paydo bo‘lishi e'tiborsiz qolmadi. Foydalanuvchilar ijtimoiy tarmoqlarda tegishli fotosuratlarni joylashtirishdi, ularda kansler o‘rindiqda planshet va telefon bilan o‘tirganini ko‘rish mumkin.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Merkel hukumat laynerida nosozlik yuzaga kelgani tufayli sammit ochilishi va bir qator ikki tomonlama uchrashuvlarni o‘tkazib yubordi, biroq u Argentinaga muvaffaqiyatli yetib bordi hamda mamlakatlar yetakchilarining jamoaviy suratiga ulgurdi. Suratda u Vladimir Putinning yonida turibdi.

Foto: Deutsche Welle

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Merkel G20’da Tramp va Si Tszinpin bilan uchrashuvlarni bekor qilgani xabar berilgandi.

Mavzuga oid