Jahon | 14:27 / 01.12.2018
13941
1 daqiqa o‘qiladi

Germaniyada Yevropa va AQSh portlarini Rossiya uchun yopib qo‘yish talab qilindi

Foto: REUTERS

Germaniya «Xristian-Demokratik Ittifoq» bosh kotibi Annegret Kramp-Karrenbauerning ma'lum qilishicha, G‘arb davlatlari Rossiyaga aniq javob qaytarishlari kerak. Bu agar Kerch bo‘g‘ozidagi hodisada tajovuzkorlik aynan Rossiya tomonidan kelib chiqqani aniqlanadigan bo‘lsa, yuz berishi lozim, deb xabar qilmoqda Stern.

U bunday harakatlarning bir versiyasi sifatida Rossiya kemalarini Azov dengizi hududidan Ukraina bo‘yicha vaziyat hal qilinmagunga qadar Yevropa hamda Amerika portlariga kiritmaslik imkoniyati haqida aytdi.

Avvalroq, G7 davlatlari Kerch bo‘g‘ozidagi hodisalar bo‘yicha qo‘shma bayonotda Rossiya va Ukrainani keskinlikdan qochishga chaqirishgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Qora dengizdagi hodisada harbiylari ishtirok etganini tan olgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid