O‘zbekiston | 16:18 / 02.12.2018
2376
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Kuvayt o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tadi

2018 yilning 4 dekabr kuni O‘zbekiston delegatsiyasi O‘zbekiston – Kuvayt vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlarining navbatdagi raundida ishtirok etadi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Delegatsiyaga O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Dilshod Axatov rahbarlik qiladi. 

“Al-Kuvayt shahrida savdo-iqtisodiy va investitsion sohalarga oid alohida ikki tomonlama uchrashuvlar ham o‘tkazish ko‘zda tutilgan”, deyiladi xabarda.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid