Jahon | 09:20 / 03.12.2018
3406
2 daqiqa o‘qiladi

KXDR va Janubiy Koreya vakillari Meksikada uchrashdilar

Foto: Yonhap

Janubiy Koreya tashqi ishlar vaziri Kan Gyon Xva va KXDR Oliy xalq yig‘ilishi prezidiumi raisi Kim Yen Nam Meksikada o‘zaro muloqot o‘tkazdi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.

Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, tomonlar Meksika prezidenti Andres Manuel Lopes Obradorning inauguratsiyasi vaqtida suhbatlashib olishgan.

Ta'kidlanishicha, Shimoliy va Janubiy Koreya vakillarining uchrashuvi haqidagi tafsilotlar hozircha noma'lum bo‘lib turibdi.

Shu bilan birga, Kan Gyon Xva AQSh prezidentining qizi va maslahatchisi Ivanka Tramp bilan ham suhbatlashgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Janubiy Koreyadan KXDRga o‘n yil ichidagi birinchi poyezd yo‘l olgani xabar qilingandi.

Unda bo‘lgan Janubiy Koreya rasmiy shaxslari va mutaxassislari temir yo‘llari holatini Xitoy bilan chegaradosh bo‘lgan Siniyju shahriga qadar tekshiruvdan o‘tkazishadi. Bu ikki Koreya davlati o‘rtasida qatnovlarni yo‘lga qo‘yish uchun qayerda ta'mirtalab joylar borligini aniqlash maqsadida kerak.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid