Seuldan 30 noyabr kuni poyezd ön yil içida birinçi marta KXDRga yöl oldi. Bu haqda Janubiy Koreyaning Yonhap agentligi xabar qilmoqda.

Xabar qilinişiça, unda bölgan Janubiy Koreya rasmiy şaxslari va mutaxassislari temir yöllari holatini Xitoy bilan çegaradoş bölgan Siniyju şahriga qadar tekşiruvdan ötkazişadi. Bu ikki Koreya davlati örtasida qatnovlarni yölga qöyiş uçun qayerda ta'mirtalab joylar borligini aniqlaş maqsadida kerak.

Ta'kidlanişiça, safar 18 kun davom etadi, ular davomida KXDRning 1200 kilometrlik temir yöllari tekşiriladi. 

Eslatib ötamiz, avvalroq KXDR va Janubiy Koreya mamlakatlarni optik tola yordamida birlaştirmoqçi ekani xabar qilingandi.