Jahon | 11:36 / 04.12.2018
7265
2 daqiqa o‘qiladi

Isroil Livan bilan chegarada «Shimoliy qalqon» harbiy amaliyotini boshladi

Foto: REUTERS

Isroillik harbiylar Livan bilan chegarada «Shimoliy qalqon» amaliyotini boshlashdi. Uning maqsadi «Hizbulloh» harakati jangarilarining mamlakatga kirish yo‘llarini yo‘q qilishdir. Bu haqda Isroil armiyasining tvitterida xabar berildi.

Ta'kidlanishicha, harbiylar «Hizbulloh» tomonidan ikki mamlakat chegarasida qazilgan tunnellarni ham yo‘q qilishadi.

Shuningdek, armiya matbuot kotibi Ronen Manelis o‘z tvitterida yerni qazish bilan mashg‘ul bo‘lgan maxsus texnika ishlari tasvirlangan kadrlarni joylashtirdi.

Amaliyotning davomiyligi va ko‘lami haqida batafsil ma'lumot berilmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Suriya uzra «himoya soyaboni» Isroil rejalarini murakkablashtirishi xabar qilingandi.

Haaretz gazetasi sharhlovchisi Amos Xarelning fikricha, Il-20 razvedkachi samolyoti yo‘qotilgach, Rossiya vaziyatning odatdagidek holati ortda qolganini Isroilga aniq ko‘rsatdi. Xarelning bayonotiga ko‘ra, Isroilda Rossiya tufayli mushkulliklar kelib chiqayotgani aniq ko‘rinib qoldi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid