Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Abdulla Aripov Stepan Kubiv bilan suhbatlashdi. Ukrainaga savdoda cheklovlar yo‘qligi bildirildi
O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov va Ukraina bosh vazirining birinchi o‘rinbosari - iqtisodiy taraqqiyot va savdo vaziri Stepan Kubiv telefon orqali muloqot o‘tkazdi.
Ikki mamlakat rasmiylari tovarlarning Ukraina va O‘zbekiston bozorlariga o‘zaro kirishini ta'minlash masalalarini muhokama qilishdi, shuningdek, mamlakatlar o‘rtasida avvaldan taxmin qilinadigan savdo munosabatlarini shakllantirish muhimligini ta'kidladilar.
«Ukraina va O‘zbekiston o‘rtasida eng yaxshi savdo-iqtisodiy muloqatni yo‘lga qo‘yishning muhim vositalaridan biri - har tomonlama hamkorlik bo‘yicha Ukraina-O‘zbekiston qo‘shma komissiyasi ishini qayta tiklash va mamlakatlarimiz o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlik istiqbollarini birgalikda muhokama qilish uchun komissiyaning navbatdagi, sakkizinchi majlisini tezroq o‘tkazish», - deyiladi xabarda.
Shuningdek, xabarda aytilishicha, O‘zbekiston bosh vaziri komissiya ishini tiklash muhimligini qo‘llab-quvvatlab, cheklovlar yo‘qligini bildirdi va ikki mamlakat bozorlariga tovarlarni o‘zaro yetkazib berishning muammoli tomonlarini tartibga solish lozimligini ta'kidladi.
Mavzuga oid
20:44 / 08.05.2026
Ukraina «sulh»ning birinchi kunida Rossiya bo‘ylab yuzlab dron uchirdi
18:10 / 08.05.2026
Hayot evaziga hayot: urush Ukrainada ayollar tanasini bozorga aylantirdi
08:33 / 08.05.2026
Yevropa Ittifoqi Putin bilan ehtimoliy muzokaralarga tayyorgarlik ko‘rmoqda
08:18 / 08.05.2026