21:00 / 05.12.2018
15937

Ukraina Qora dengizda qanotli raketalar sinovini o‘tkazdi

Foto: Aleksandr Turchinov

Ukraina Qora va Azov dengizlari sohili mudofaasini kuchaytirishi rejalashtirilgan yangi qanotli raketalar sinovini o‘tkazdi, deb ma'lum qildi mamlakat milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi rahbari Aleksandr Turchinov.

Turchinovning so‘zlariga ko‘ra, sinovlar muvaffaqiyatli o‘tgan. Uning qayd etishicha, raketalar 280 kilometr masofadagi nishonni yo‘q qila oladi.

Sinovdan o‘tkazilgan majmualar Qora dengiz va Azov dengizi sohillari mudofaasini sezilarli darajada kuchaytiradi, deb qo‘shib qo‘ydi u.

Avvalroq Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Kerch bo‘g‘ozidagi voqeadan so‘ng mamlakat G‘arbdan aniq harakatlarni kutayotganligini aytgandi.

Top