Jahon | 17:13 / 07.12.2018
22779
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh Afg‘onistondan nima uchun chiqib ketmasligiga izoh berdi

Foto: AP

Qo‘shma Shtatlar 2001 yil 11 sentabrdagi kabi terakt takrorlanmasligi uchun Afg‘onistonda harbiy qo‘shinlarini saqlab turishi zarur. Bu haqda AQSh qurolli kuchlari shtab boshliqlari qo‘mitasi raisi general Jozef Danford ma'lum qildi.

"Men Afg‘onistonni tark etmaslikni tavsiya qilgan bo‘lardim, chunki menimcha, agar Afg‘onistonni tark etadigan bo‘lsak, bu nafaqat Janubiy Osiyoda beqarorlikni keltirib chiqaradi, balki terrorchi guruhlarga AQSh hududida amerikaliklar hamda ittifoqchilarimizga qarshi hujumlarni rejalashtirish va amalga oshirish imkoniyatini beradi", dedi u.

"Agarda mintaqadagi "Al-Qoida", IShID va boshqa guruhlarga qarshi  bosimni to‘xtatsak, bir oz vaqtdan so‘ng ular o‘z imkoniyatlarini tiklab olishadi. Kelgusida ular biz 11 sentabrda guvoh bo‘lgan voqealarni takrorlashlari mumkin bo‘ladi", - deya qayd etdi general.

AQSh Afg‘onistonda 2001 yil oktabrdan, prezident Jorj Bush bu davlatga raketa zarbalari berishni buyurganidan  buyon jang qilmoqda. Hujum haqidagi qarorga 11 sentabrda Nyu-Yorkda amalga oshirilgan terakt sabab bo‘lgan.

Mavzuga oid