Moddiy yordam tayinlash elektron tizim orqali amalga oshirilishi mumkin
“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida moddiy yordam va bola parvarishi uchun nafaqa tayinlash tartibini elektron tizim orqali amalga oshirish haqida petitsiya paydo bo‘ldi.
Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 15 fevraldagi 44-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Kam ta'minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomda kam taminlangan oilalarga hamda 2 yoshgacha bola parvarishi uchun nafaqa tayinlash vakolati joylardagi o‘zini o‘zi boshqarish organlari, yani mahallalar tomonidan ariza va hujjatlarni qabul qilish, mahalla qoshidagi komissiya tomonidan belgilangan mezonlarga javob bergandan so‘ng tayinlanishi belgilangan, deyiladi murojaatda.
“Ammo, ayrim mahallalar tomonidan moddiy yordam va bola parvarishi uchun nafaqa tayinlashda shaffoflik va halollik taminlashda muammolar mavjud. Ushbu masalani elektron tizim orqali amalga oshirish yaxshi samara berishi mumkin”, - deb yozadi petitsiya muallifi.
Qayd etilishicha, shu sababdan, kam ta'minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash uchun maxsus portal yaratish kerak. Bu ishni Moliya vazirligi yoki “Mahalla” xayriya jamoat fondi amalga oshirishi mumkin. Bu, o‘z navbatida, tizimning shaffofligini ta'minlashga xizmat qilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ishga qabul qilishni DXA orqali amalga oshirish taklif etilgandi.
Mavzuga oid
10:03 / 02.09.2024
“Xalq nazorati” portali orqali qilingan murojaatlar soni 45 mingdan oshdi
17:55 / 28.08.2024
Ko‘p kvartirali uylarning boshqaruvchilari sudga murojaat qilganda davlat bojini to‘lashdan ozod qilinadi
08:34 / 16.05.2024
Soliq qo‘mitasiga eng ko‘p murojaat qaysi hududlardan kelib tushayotgani aytildi
15:07 / 10.04.2024